- وعن جابر رضي الله عنه قال: كان جذع يقوم إليه النبي صلى الله عليه وسلم ، يعني في الخطبة. فلما وضع المنبر، سمعنا للجذع مثل صوت العشار حتى نزل النبي، صلى الله عليه وسلم ، فوضع يده عليه فسكن". وفي رواية: فلما كان يوم الجمعة قعد النبي، صلى الله عليه وسلم على المنبر، فصاحت النخلة التى كان يخطب عندها حتى كادت أن تنشق. وفي رواية : فصاحت صياح الصبي، فنزل النبي صلى الله عليه وسلم ، حتى أخذها فضمها إليه، فجعلت تئن أنين الصبي الذي يسكت حتى استقرت ، قال: "بكت على ما كانت تسمع من الذكر" ((رواه البخاري)).
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir ansoriy ayol Allohning Rasuli ﷺ ga: «Yo Rasululloh, sizga oʻtirish uchun biror narsa yasaymi — menda duradgor bir qul bor», — dedi. U zot: «Xohlasang (yasa)», — dedilar. Bas, u (ayol) u zotga bir minbar yasatdi. Juma kuni boʻlganda, Paygʻambar ﷺ oʻsha minbar ustida oʻtirdilar. Paygʻambar ﷺ — yonida turib xutba aytadigan — xurmo daraxti tanasi shu qadar yigʻladiki, u yorilib ketay deb qoldi. Paygʻambar ﷺ minbardan (tushib), tana oldiga keldi va uni quchoqladi; u (tana) — yigʻidan toʻxtatishga koʻndirilayotgan bola(ning yigʻisi)dek — ingrar (nola qilar) edi, soʻng u (yigʻidan) toʻxtadi. Paygʻambar ﷺ: «U — oʻzi eshitib turgan diniy ilm (zikr)dan (judo boʻlgani uchun) yigʻladi», — dedilar.