- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ، : "ثلاثة لا يكلمهم الله يوم القيامة ولا ينظر إليهم ولا يزكيهم ولهم عذاب أليم: رجل على فضل ماء بالفلاة يمنعه من ابن السبيل، ورجل بايع رجلاً، سلعة، بعد العصر، فحلف بالله لأخذها بكذا وكذا، فصدقه وهو على غير ذلك، ورجل بايع إماماً لا يبايعه إلا لدنيا، فإن أعطاه منها وفى ، وإن لم يعطه منها لم يف" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Uch (toifa) borki, Alloh qiyomat kuni ularga gapirmaydi, ularga qaramaydi va ularni poklamaydi; ular uchun alamli azob bordir: choʻlda (sahroda) ortiqcha suvi boʻlib, uni yoʻlovchidan (musofirdan) man qiladigan kishi; asr (namozi)dan keyin bir kishiga bir mol sotib, ‹Allohga qasamki, men buni shuncha-shuncha (pul)ga olganman› deb qasam ichgan-da, u (xaridor) uni rost (deb) tasdiqlagan — holbuki u (sotuvchi) undan boshqacha (yolgʻon aytgan) — kishi; va imomga faqat dunyo (manfaati) uchungina bayʼat beradigan kishiki, agar (imom) unga undan (dunyodan biror narsa) bersa, (ahdiga) vafo qiladi, agar bermasa, vafo qilmaydi», dedilar.