- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "يا أيها الناس إن الله طيب لا يقبل إلا طيباً، وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين، فقال تعالى: {يا أيها الرسل كلوا من الطيباب واعلموا صالحاً}، وقال تعالى: {يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم} ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء : يا رب يارب، ومطعمه حرام، ومشربه حرام، وملبسه حرام، وغذي بالحرام فأنى يستجاب لذلك!؟" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ey odamlar! Albatta Alloh pokdir, U pokdan boshqasini qabul qilmaydi. Albatta Alloh paygʻambarlarni buyurgan narsasi bilan moʻminlarni ham buyurib: {Ey paygʻambarlar! Pok narsalardan yenglar va yaxshi amal qilinglar! Albatta Men sizlar qiladigan ishlarni bilguvchidirman} (Moʻminun 51), dedi. Yana: {Ey iymon keltirganlar! Sizlarni rizqlantirgan narsalarimizning pokizalaridan yenglar} (Baqara 172), dedi», dedilar. Soʻng u zot uzoq safar qiladigan, sochlari toʻzgʻigan, changga belangan, qoʻllarini osmonga choʻzib: ‹Yo Rabbi, yo Rabbi!› (deb yolboradigan), holbuki yegani harom, ichgani harom, kiygani harom va (butun) gʻizosi haromdan boʻlgan kishini zikr qilib: «Endi bunga qanday ijobat etilsin?!», dedilar.