- وعن عمرو بن العاص رضي الله عنه سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "إذا حكم الحاكم، فاجتهد، ثم أصاب، فله أجران، وإن حكم واجتهد، فأخطأ، فله أجر" ((متفق عليه)).
Amr ibn al-Os (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ ni: «Qachon hokim (qozi) hukm qilib, ijtihod qilsa-yu, soʻng (haqqa) yetsa, unga ikki ajr bordir. Qachon hukm qilib, ijtihod qilsa-yu, soʻng xato qilsa, unga (bir) ajr bordir» deyotganlarini eshitdi. (Amr) aytdi: «Men bu hadisni Abu Bakr ibn Amr ibn Hazmga aytib berdim. U: ‹Menga Abu Salama ibn Abdurahmon Abu Hurayradan ham xuddi shunday rivoyat qilgan edi› dedi.» Abdulaziz ibn al-Muttalib esa Abdulloh ibn Abu Bakrdan, u Abu Salamadan, u Nabiy ﷺ dan shuning mislini rivoyat qildi.