- وعن أبي زيد عمرو بن أخطب الأنصاري رضي الله عنه قال: صلى بنا رسول الله صلى الله عليه وسلم الفجر، وصعد المنبر، فخطبنا حتى حضرت الظهر، فنزل فصلى، ثم صعد المنبر حتى حضرت العصر، ثم نزل فصلى، ثم صعد المنبر حتى غربت الشمس، فأخبرنا ما كان هو كائن، فأعلمنا أحفظنا. ((رواه مسلم)).
Abu Zayd Amr ibn Axtab (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bizga bomdod namozini oʻqitdilar, soʻng minbarga chiqib, peshin (vaqti) kelguncha bizga vaʼz qildilar; soʻng (minbardan) tushib, namoz oʻqidilar, soʻng minbarga chiqib, asr (vaqti) kelguncha bizga vaʼz qildilar; soʻng tushib, namoz oʻqidilar, soʻng minbarga chiqib, quyosh botguncha bizga vaʼz qildilar. Shunday qilib bizga boʻlib oʻtgan va boʻladigan narsalardan xabar berdilar. Bizning eng yaxshi yodlaganimiz eng bilimdonimizdir.