- وعن شداد بن أوس رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "سيد الإستغفار أن يقول العبد : اللهم أنت ربي، لا إله إلا أنت ، خلقتني وأنا عبدك، وأنا على عهدك ووعدك ما استطعت أعوذ بك من شر ما صنعت أبوء لك بنعمتك علي، وأبوء بذنبي، فاغفر لي فإنه لا يغفر الذنوب إلا أنت، من قالها من النهار موقنا بها، فمات من يومه قبل أن يمسي، فهو من أهل الجنة، ومن قالها من الليل وهو موقن بها فمات قبل أن يصبح، فهو من أهل الجنة” ((رواه البخاري)). (1)
(Shaddod ibn Avs (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qiladi):) «Istigʻforning sayyidi (eng ulugʻi) shuni aytishingdir: ‹Allohumma anta Robbiy, la ilaha illa anta, xalaqtaniy va ana abduka, va ana alo ahdika va vaʼdika mastatoʼtu, aʼuzu bika min sharri ma sanaʼtu, abuu laka biniʼmatika alayya va abuu laka bizanbiy, fagʻfir liy, fa innahu la yagʻfiruz-zunuba illa anta› (Allohim, Sen mening Robbimsan, Sendan oʻzga iloh yoʻq. Sen meni yaratding, men Sening bandangman; men kuchim yetganicha Senga bergan ahd va vaʼdamdaman. Qilgan (yomon) ishlarim yomonligidan Senga panoh tilayman. Menga inʼom etgan neʼmatingni eʼtirof etaman va gunohimni ham eʼtirof etaman; bas, meni magʻfirat qil — chunki gunohlarni Sendan oʻzga hech kim kechirmaydi)», dedilar. U zot (yana): «Kim buni kunduzi, unga chin ishonch bilan aytsa-yu, oʻsha kuni kechga kirmasdan vafot etsa, u jannat ahlidandir; kim buni kechasi, unga chin ishonch bilan aytsa-yu, tonggacha vafot etsa, u jannat ahlidandir», dedilar.