- وعن ابن عمر رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "يا معشر النساء تصدقن، وأكثرن من الاستغفار، فإني رأيتكن أكثر أهل النار" قالت امرأة منهن: مالنا أكثر أهل النار؟ قال: "تكثرن اللعن، وتكفرن العشير مارأيت من ناقصات عقل ودين أغلب لذي لب منكن" قالت: ما نقصان العقل والدين؟ قال" "شهادة امرأتين بشهادة رجل، وتمكث الأيام لا تصلي" ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar va koʻp istigʻfor aytinglar. Zero, men sizlarni doʻzax ahlining koʻpchiligi ekanini koʻrdim», dedilar. Shunda ulardan aqlli bir ayol: «Nega biz doʻzax ahlining koʻpchiligi boʻlamiz, ey Allohning Rasuli?», dedi. U zot: «Sizlar koʻp laʼnat aytasizlar va erlaringizga noshukrlik qilasizlar. Aqli va dini noqis boʻla turib, aqlli kishini sizlardan koʻra koʻproq yenga oladiganini koʻrmadim», dedilar. U ayol: «Ey Allohning Rasuli, aqli va dinining noqisligi nima?», dedi. U zot: «Aqlning noqisligiga kelsak, ikki ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga teng boʻladi, mana shu aqlning noqisligidandir. U bir necha kechalar namoz oʻqimay turadi va Ramazonda ogʻzini ochadi, mana shu dinning noqisligidandir», dedilar.