- وعن أبي موسى رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "إن للمؤمن في الجنة لخيمة من لؤلؤة واحدة مجوفة طولها في السماء ستون ميلاً، للمؤمن فيها أهلون، يطوف عليهم المؤمن فلا يرى بعضهم بعضاً، ((متفق عليه)).«الميل» : ستة آلاف ذراع
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺ dan rivoyat qiladi. (U zot) dedilar: «Albatta, moʻmin uchun jannatda yagona, ichi boʻsh bir dur (marvarid)dan (yasalgan) chodir boʻladi, uning uzunligi oltmish mil. Moʻmin uchun u yerda ahllar (juftlar) boʻladi, moʻmin ularni (navbatma-navbat) aylanib chiqadi, ammo ular bir-birlarini koʻrmaydilar».