- وعنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "إن أهل الجنة ليتراءون أهل الغرف من فوقهم كما تراءون الكوكب الدري الغابر في الأفق من المشرق أو المغرب لتفاضل ملا بينهم" قالوا: يا رسول الله، تلك منازل الأنبياء لا يبلغها غيرهم؟ قال: “بلى والذي نفسي بيده رجال آمنوا بالله وصدقوا المرسلين" ((متفق عليه)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, jannat ahli oʻzlaridan yuqoridagi gʻurfalar ahlini, ularning oʻrtasidagi darajalar tafovuti sababli, xuddi sizlar sharq yoki gʻarb ufqida yoʻqolib borayotgan yarqiroq yulduzni koʻrganingizdek koʻrurlar», dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasululloh! Bular paygʻambarlarning martabalari boʻlib, ularga boshqalar yetolmaydiganku», dedilar. U zot: «Yoʻq (undaymas)! Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, (bular) Allohga iymon keltirib, paygʻambarlarni tasdiqlagan kishilardir», dedilar.