- وعنه رضي الله عنه قال: شهدت من النبي صلى الله عليه وسلم مجلساً وصف فيه الجنة حتى انتهى، ثم قال في آخر حديثه: "فيها مالا عين رأت، ولا أذن سمعت، ولا خطر على قلب بشر" ثم قرأ {تتجافى جنوبهم عن المضاجع} إلى قوله تعالى: {فلا تعلم نفس ما أخفي لهم من قرة أعين}. ((رواه البخاري)).
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh ﷺ ning bir majlisida hozir boʻldim, u zot unda jannatni vasf qildilar, toki (vasfni) yakunladilar. Soʻng u zot ﷺ hadisining oxirida: ‹Unda hech bir koʻz koʻrmagan, hech bir quloq eshitmagan va hech bir bashar qalbiga kelmagan narsalar bordir›, dedilar». Soʻng u zot bu oyatni oʻqidilar: {Ularning yonboshlari yotoqlardan yiroq boʻlur, ular Robbilariga qoʻrquv va umid ila duo qilurlar hamda Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan (yaxshilik yoʻlida) sarflarlar. Bas, hech bir jon ular uchun, qilgan amallariga mukofot sifatida, qanday koʻz quvonchlari yashirib qoʻyilganini bilmas} (Sajda 16-17).