- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إن أدنى مقعد أحدكم من الجنة أن يقول له: تمن فيتمنى ويتمنى، فيقول له: هل تمنيت؟ فيقول: نعم، فيقول له: فإن لك ما تمنيت ومثله معه" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, biringizning jannatdagi eng past (quyi) oʻrni shuki, unga: ‹Orzu qil› deyiladi. Bas, u orzu qiladi va (yana) orzu qiladi. Shunda unga: ‹Orzu qildingmi?› deyiladi. U: ‹Ha›, deydi. Shunda unga: ‹Senga orzu qilganing — va u bilan birga uning oʻxshashi — bordir›, deyiladi», dedilar.