- عن أبى مسعود البدرى رضى الله عنه قال: دعا رجل النبي صلى الله عليه وسلم لطعام صنعه له خامس خمسة، فتبعهم رجل، فلما بلغ الباب، قال النبي صلى الله عليه وسلم: "إن هذا تبعنا؛ فإن شئت أن تأذن له، وإن شئت رجع" قال: بل آذن له يا رسول الله .((متفق عليه))
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: Ansorlardan Abu Shuʼayb deb ataluvchi bir kishi bor edi. Uning qassob xizmatkori bor edi. U Rasululloh ﷺ ni koʻrib, yuzlarida ochlik alomatini bildi va xizmatkoriga: «Voy senga, bizga besh kishiga yetadigan taom tayyorla, men Nabiy ﷺ ni beshovning beshinchisi qilib (chaqirib) taklif etmoqchiman», dedi. (Roviy) dedi: U taom tayyorladi, soʻng Nabiy ﷺ ning oldilariga keldi va u zotni beshovning beshinchisi qilib taklif etdi. Ularga bir kishi ergashib keldi. Eshikka yetganlarida Nabiy ﷺ: «Bu kishi bizga ergashib keldi. Xohlasang unga ruxsat berasan, xohlasang qaytib ketadi», dedilar. U: «Yoʻq, balki men unga ruxsat beraman, yo Rasululloh!» dedi.