- عن وحشى بن حرب رضى الله عنه أن أصحاب رسول الله صلى الله عليه وسلم قالوا: يا رسول الله ، إنا نأكل ولا نشبع قال: "فلعلكم تفترقون" قالوا: نعم. قال: فاجتمعوا على طعامكم، واذكروا اسم الله ، يبارك لكم فيه" ((رواه أبو داود))
Vahshiy ibn Harb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qiladiki, Nabiy ﷺning sahobalari: «Ey Allohning Rasuli, biz yeymiz-u, lekin toʻymaymiz», dedilar. U zot: «Balki siz alohida-alohida yersizlar», dedilar. Ular: «Ha», dedilar. U zot: «Bas, ovqatingizga jamlanib oʻtiringiz va unga Allohning ismini zikr qilingiz, sizlarga unda baraka berilur», dedilar. Abu Dovud aytdi: Agar sen ziyofatda boʻlsang-u, kechki taom qoʻyilsa, uy egasi senga ruxsat bermaguncha yemagin.