- وعن عبد الله بن بشر رضى الله عنه قال: كان للنبي صلى الله عليه وسلم قصعة يقال لها: الغراء، يحملها أربعة رجال، فلما أضحوا وسجدوا الضحى أتى بتلك القصعة، يعنى وقد ثرد فيها، فالتقوا عليه ، فلما كثروا جثا رسول الله صلى الله عليه وسلم.فقال أعرابي : ما هذه الجلسة؟ قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إن الله جعلني عبداً كريماً، ولم يجعلني جباراً عنيداً، ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :"كلوا من حواليها، ودعوا ذروتها يبارك فيها" .((رواه أبو داود))
Abdulloh ibn Busr (roziyallohu anhu) aytadi: Nabiy ﷺning «Gʻarro» deb ataladigan bir katta kosalari bor edi. Uni toʻrt kishi koʻtarar edi. Ular peshinga yetib, zuho namozini oʻqib boʻlgach, oʻsha kosa — yaʼni unda triyd (non boʻtqasi) qilib — keltirildi. Bas, odamlar uning atrofiga toʻplandilar. Ular koʻpayib ketgach, Rasululloh ﷺ tizzalab choʻkkaladilar. Shunda bir aʼrobiy: «Bu qanaqa oʻtirish?» dedi. Nabiy ﷺ: «Albatta, Alloh meni karamli banda qildi va meni qaysar zoʻravon qilgani yoʻq», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Uning atroflaridan yenglar va uning choʻqqisini (oʻrtasini) qoldiringlar, unga baraka berilur», dedilar.