- وعنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا وقعت لقمة أحدكم، فليأخذها فليمط ما كان بها من أذى وليأكلها، ولا يدعها للشيطان، ولا يمسح يده بالمنديل حتى يلعق أصابعه؛ فإنه لا يدرى في أي طعامه البركة" .((رواه مسلم))
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringizning luqmasi tushib ketsa, uni olib, undagi yuqumni ketkazsin-da, uni yesin va uni shaytonga qoldirmasin. Barmoqlarini yalamaguncha qoʻlini sochiqqa artmasin, zero u taomining qaysi (qism)ida baraka borligini bilmaydi», — dedilar.