- وعن أنس رضى الله عنه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا أكل طعاماً، لعق أصابعه الثلاث، وقال:"إذا سقطت لقمة أحدكم فليأخذها، وليمط عنها الأذى، وليأكلها،ولا يدعها للشيطان" وأمرنا أن نسلت القصعة وقال: "إنكم لا تدرون في أي طعامكم البركة" .((رواه مسلم))
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ taom yeganlarida uch barmoqlarini yalar va: «Biringizning luqmasi tushib ketsa, undan zararli narsani olib tashlab, uni yesin va shaytonga qoldirmasin», der edilar. Va u zot bizni laganni (yalab) tozalashga buyurar va: «Albatta biringiz taomining qaysi qismida oʻziga baraka borligini bilmaydi», der edilar.