- وعن ابن عباس رضى الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "لا تشربوا واحداً كشرب البعير، ولكن اشربوا مثنى وثلاث، وسموا إذا أنتم شربتم،واحمدوا إذا أنتم رفعتم".((رواه الترمذي))
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadi: Rasululloh ﷺ: «Tuyaning ichishidek bir koʻtarishda ichmanglar, balki ikki yoki uch (nafas)da ichinglar, ichganingizda (Bismillah deb) nom keltiringlar va (idishni ogʻzingizdan) koʻtarganingizda hamd aytinglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Yazid ibn Sinon al-Jazariy — u Abu Farva ar-Ruhoviydir.