- وعن أبى جحيفة وهب بن عبد الله رضى الله عنه قال: رأيت النبي صلى الله عليه وسلم بمكة وهو بالأبطح في قبة له حمراء من آدم، فخرج بلال بوضوئه، فمن ناضح ونائل، فخرج النبي صلى الله عليه وسلم وعليه حلة حمراء، كأني أنظر إلى بياض ساقيه، فتوضأ وأذن بلال، فجعلت أتتبع فاه ههنا وههنا، يقول يمينا وشمالاً: حي على الصلاة، حي على الفلاح، ثم ركزت له عنزة، فتقدم فصلى يمر بين يديه الكلب والحمار لا يمنع.((متفق عليه))
Abu Juhayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Makkada Nabiy ﷺ ning huzurlariga keldim, u zot al-Abtahda terisidan tikilgan qizil chodirda edilar. Bilol u zotning tahorat suvini olib chiqdi, kimdir undan oldi, kimdir (qoʻliga) sepdi. Soʻng Nabiy ﷺ egnilarida qizil hulla bilan chiqdilar, goʻyo hozir ham u zotning boldirlarining oqligiga qarab turganday boʻlaman. U zot tahorat qildilar, Bilol esa azon aytdi. Men uning ogʻzini ana u tomonga, mana bu tomonga — yaʼni oʻngga va chapga (burilishini) kuzata boshladim, u: ‹Hayya alas-salah, hayya alal-falah (namozga shoshilinglar, najotga shoshilinglar)›, der edi. Soʻng u zot uchun kichik nayza (yerga) tikildi, u zot oldinga oʻtib, peshinni ikki rakaʼat oʻqidilar, oldlaridan eshak va it oʻtar, (bu) qaytarilmas edi. Soʻng asrni ikki rakaʼat oʻqidilar. Keyin Madinaga qaytguncha (safarda) doim ikki rakaʼatdan oʻqib yurdilar», dedi.