- وعن عائشة رضى الله عنها قالت: كفن رسول الله صلى الله عليه وسلم في ثلاثة أثواب بيض سحولية من كرسف، ليس فيها قميص ولا عمامة.((متفق عليه))
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ paxtadan toʻqilgan, Sahul (degan joy)ga mansub uchta oq libosga kafanlandilar; ularda na koʻylak, na salla bor edi. Hulla (degan yoʻl-yoʻl libos)ga kelsak, odamlar uning haqida adashishdi — goʻyo u zotni kafanlash uchun sotib olingan deb (oʻylashdi); aslida esa hulla qoldirildi va u zot Sahulga mansub uchta oq libosga kafanlandilar. Soʻng u (hulla)ni Abdulloh ibn Abu Bakr olib: ‹Buni oʻzimni kafanlaguncha (saqlab) qoʻyaman›, dedi. Keyin: ‹Agar aziz va jalil boʻlgan Alloh buni oʻz Paygʻambari uchun ravo koʻrganida, u zotni shunga kafanlagan boʻlardi›, dedi. Shunday qilib uni sotib, pulini sadaqa qildi.»