- وعن المغيرة بن شعبة رضى الله عنه قال: كنت مع رسول الله صلى الله عليه وسلم ذات ليلة في مسير، فقال لي: "أمعك ماء" ؟ قلت: نعم، فنزل عن راحلته فمشى حتى توارى في سواد الليل ثم جاء فأفرغت علي من الإداواة، فغسل وجهه وعليه جبة من صوف،فلم يستطع أن يخرج ذراعيه منها حتى أخرجهما من أسفل الجبة، فغسل ذراعيه ومسح برأسه، ثم أهويت لأنزع خفيه فقال:"دعهما فإني أدخلتهما طاهرتين" ومسح عليهما.((متفق عليه)) وفى رواية:وعليه جبة شامية ضيقة الكمين. وفى رواية: أن هذه القضية كانت في غزوة تبوك.
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kecha men Paygʻambar ﷺ bilan bir safarda edim. Shunda U Zot menga: «Sen bilan suv bormi?» dedilar. Men: «Ha» dedim. Bas, U Zot oʻz ulovidan tushdilar-da, toki kechaning qorongʻuligida gʻoyib boʻlguncha yurdilar; soʻng keldilar. Men idishdan Unga (suv) quydim; bas, U Zot yuzini yuvdilar — Uning ustida jundan (boʻlgan) jubba bor edi —; ammo ikki bilaklarini undan chiqara olmadilar — toki ularni jubbaning ostidan chiqardilar —; bas, ikki bilaklarini yuvdilar va boshiga mash tortdilar. Soʻng men Uning mahsilarini yechish uchun engashdim. Shunda U Zot: «Ularni qoldir (qoʻy); chunki men ularni ikkovini pok (toza) holda (mahsi ichiga) kiritganman», dedilar-da, ular ustiga mash tortdilar.