وعن أبى ذر رضى الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "ثلاثة لا يكلمهم الله يوم القيامة، ولا ينظر إليهم ، ولا يزكيهم، ولهم عذاب أليم" قال: فقرأها رسول الله صلى الله عليه وسلم ثلاث مرار. قال أبو ذر : خابوا وخسروا من هم يا رسول الله ؟ قال: "المسبل، والمنان، والمنفق سلعته بالحلف الكاذب". وفى رواية له: "المسبل إزاره".((رواه مسلم))
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Uch (toifa) borki, Alloh qiyomat kuni ularga (rahmat bilan) soʻzlamaydi, ularga boqmaydi, ularni (gunohlardan) poklamaydi va ular uchun alamli azob bordir», dedilar. Rasululloh ﷺ buni uch marta takrorladilar. Abu Zar: «Ular ziyon koʻrib, halok boʻlibdilar! Ular kim, ey Rasululloh?» dedi. U zot: «Kiyimini (kibr bilan) sudrab yuruvchi, (bergan narsasini) minnat qiluvchi va molini yolgʻon qasam bilan sotuvchi», dedilar. Yana bir rivoyatda: «Izorini sudrab yuruvchi», deb kelgan.