وعن أبى موسى الأشعرى رضى الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "حرم لباس الحرير والذهب على ذكور أمتي ،وأحل لإناثهم".((رواه الترمذي))
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ipak va oltin (kiyim) ummatimning erkaklariga harom, ayollariga esa halol qilindi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Umar, Ali, Uqba ibn Omir, Anas, Ummu Honiʼ, Huzayfa, Abdulloh ibn Amr, Imron ibn Husayn, Abdulloh ibn az-Zubayr, Jobir, Abu Rayhona, Ibn Umar va Vosila ibn al-Asqaʼdan ham (rivoyatlar) bor. Abu Musoning hadisi hasan sahih hadisdir.