- عن ابن عمر رضى الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "لا يقمن أحدكم من مجلسه ثم يجلس فيه، ولكن توسعوا وتفسحوا" وكان ابن عمر إذا قام له رجل من مجلسه لم يجلس فيه. ((متفق عليه)).
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringiz oʻz oʻrnidan boshqa kishini turgʻizib, soʻng oʻsha joyga oʻtirmasin. Balki bir-biringizga keng joy bering va joy oching», dedilar. Ibn Umar biror kishi unga oʻrnidan turib joy boʻshatib bersa, oʻsha joyga oʻtirmas edi.