وعن ابن عمر رَضِيَ اللَّهُ عَنهُ قال: قلما كان رَسُول اللَّهِ ﷺ يقوم من مجلس حتى يدعو بهؤلاء الدعوات: "اللهم اقسم لنا من خشيتك ما تحول به بيننا وبين معاصيك، ومن طاعتك ما تبلغنا به جنتك، ومن اليقين ما تهون به علينا مصائب الدنيا، اللهم متعنا بأسماعنا وأبصارنا وقوتنا ما أحييتنا، واجعله الوارث منا، واجعل ثأرنا على من ظلمنا، وانصرنا على من عادانا، ولا تجعل مصيبتنا في ديننا، ولا تجعل الدنيا أكبر همنا، ولا مبلغ علمنا، ولا تسلط علينا من لا يرحمنا" ((رَوَاهُ التِّرمِذِيُّ وَقَالَ حَدِيثٌ حَسَنٌ)).
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ majlisdan turishlaridan oldin ashoblari uchun mana bu kalimalar bilan duo qilmagan holatlari kam edi: ‹Allohim, bizga Oʻzingdan qoʻrqishdan shunchasini ato etgilki, u biz bilan Senga gunoh qilishimiz orasini toʻssin, Senga itoatdan shunchasini ato etgilki, u bizni jannatingga yetkazsin, yaqindan shunchasini ato etgilki, u bilan dunyo musibatlarini bizga yengil qilgin. Bizni quloqlarimiz, koʻzlarimiz va kuch-quvvatimizdan, bizni tirik qilib turganingcha, bahramand qilgin va uni bizdan keyin qoluvchi (vorisi) qilgin. Bizga zulm qilganlardan oʻchimizni olgin, bizga dushmanlik qilganlarga qarshi bizga yordam bergin, musibatimizni dinimizda qilmagin, dunyoni eng katta tashvishimiz va ilmimizning oxiri qilmagin hamda bizga rahm qilmaydiganlarni ustimizga hokim qilmagin›», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Baʼzilar bu hadisni Xolid ibn Abu Imrondan, u Nofeʼdan, u Ibn Umardan (sanad bilan) rivoyat qilganlar.