- وعنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "إذا اقترب الزمان لم تكد رؤيا المؤمن تكذب، ورؤيا المؤمن جزء من ستة وأربعين جزءاً من النبوة" ((مُتَّفَقٌ عَلَيهِ)).
وفى رواية: "أصدقكم رؤيا أصدقكم حديثاً".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Zamon yaqinlashganda (oxir zamonda) moʻminning tushi deyarli yolgʻon chiqmaydi. Ularning eng rostgoʻyi tushi jihatidan ham eng rostidir. Tush uch xil boʻladi: solih tush — Allohdan boʻlgan xushxabardir, (kishini) gʻamga soladigan tush — shaytondan boʻladi, yana bir tush esa kishining oʻz koʻngliga keltirgan narsalaridan boʻladi. Bas, sizlardan biror kishi oʻzi yoqtirmaydigan narsani koʻrsa, turib namoz oʻqisin va uni odamlarga aytmasin», dedilar. Yana: «Men kishanni yaxshi koʻraman va boʻyinga solinadigan kishanni (gʻulni) yoqtirmayman, kishan esa dinda sobitqadamlikdir», dedilar. Abu Dovud aytadi: «Zamon yaqinlashganda» degani — kecha va kunduz yaqinlashib, baravarlashganda, demakdir.