- وعن أبى سعيد الخدرى رضى الله عنه انه سمع النبي صلى الله عليه وسلم، يقول: "إذا رأى أحدكم رؤيا يحبها، فإنما هي من الله تعالى، فليحمد الله عليها، وليحدث بها -وفى رواية، فلا يحدث بها إلا من يحب- وإذا رأى غير ذلك مما يكره، فإنما هي من الشيطان، فليستعذ من شرها، ولا يذكرها لأحد، فإنها لا تضره" (( مُتَّفَقٌ عَلَيهِ)).
(Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺning shunday deganlarini eshitdi:) «Agar biringiz oʻzi yoqtiradigan bir tush koʻrsa, u faqat Allohdandir; bas, u (kishi) buning uchun Allohga hamd aytsin va uni (boshqalarga) soʻzlasin (aytib bersin). Agar bundan boshqa — oʻzi yoqtirmaydigan (yomon) narsani koʻrsa, u faqat shaytondandir; bas, u (kishi) uning yomonligidan (Allohga) panoh soʻrasin va uni hech kimga aytmasin — shunda u (tush) unga zarar qilmaydi.»