- وعن أبى الأسقع واثلة بن الأسقع رضى الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن من أعظم الفرى أن يدعى الرجل إلى غير أبيه، أو يرى عينيه ما لم تر، أو يقول على رسول الله صلى الله عليه وسلم ما لم يقل" ((رَوَاهُ البُخَارِيُّ)).
Vosila ibn Asqaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Darhaqiqat, eng yomon yolgʻonlardan biri — oʻzini haqiqiy otasidan boshqa birovning oʻgʻli (deb) yolgʻondan daʼvo qilish, yoki koʻrmagan tushni koʻrdim (deb daʼvo qilish), yoki men aytmagan (gap)ni menga nisbat berishdir», — dedi.