- وعن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: لما خلق الله تعالى آدم عليه السلام قال: اذهب فسلم على أولئك -نفر من الملائكة جلوس- فاستمع ما يحيونك، فإنه تحيتك وتحية ذريتك. فقال: السلام عليكم فقالوا: السلام عليك ورحمة الله، فزادوه: ورحمة الله" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh Odamni — boʻyini 60 tirsak (qadar) qilib — yaratdi. U (Alloh) uni yaratganda, unga: ‹Bor, ana u farishtalar guruhiga salom ber va ularning javobini tingla — chunki u — sening va naslingning salomi (boʻladi)›, — dedi. Bas, Odam (farishtalarga): ‹As-salomu alaykum›, — dedi. Farishtalar: ‹As-salomu alayka va rahmatulloh›, — dedi. Shunday qilib, farishtalar Odamning salomiga ‹va rahmatulloh› (degan) iborani qoʻshdi. Jannatga kiradigan har qanday kishi — (koʻrinishi va qomati jihatidan) Odamga oʻxshaydi. Odamning yaratilishidan beri odamlarning boʻyi (qadi) kichrayib kelmoqda», — dedi.