- وعن أسماء بنت يزيد رضي الله عنه عنها أن رسول الله صلى الله عليه وسلم، مر في المسجد يومًا، وعصبة من النساء قعود، فألوى بيده بالتسليم. ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن))
Asmo bint Yazid (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ bir kuni masjidda oʻtgan edilar, ayollardan bir guruhi oʻtirgan edi, u zot qoʻllari bilan salom berishga ishora qildilar. (Rovi) Abdulhamid ham qoʻli bilan ishora qildi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Ahmad ibn Hanbal: «Abdulhamid ibn Bahromning Shahr ibn Havshabdan (qilgan) hadisida zarar yoʻq», dedi. Muhammad ibn Ismoil esa: «Shahr hadisi yaxshidir», deb uning ishini quvvatladi va: «Uning haqida faqat Ibn Avn gapirgan, xolos», dedi.