- عن أبي هريرة رضي الله عنه في حديث المسيء صلاته أنه جاء فصلى، ثم جاء النبي صلى الله عليه وسلم، فسلم عليه، فرد عليه السلام، فقال: "ارجع فصلِ، فإنك لم تصلِ" فرجع فصلى، ثم جاء فسلم على النبي صلى الله عليه وسلم، حتى فعل ذلك ثلاث مرات” ((متفق عليه))
Rifoa ibn Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ bilan masjidda oʻtirgan edim. Shunda bir kishi kirib, ikki rakaat namoz oʻqidi, soʻng kelib Nabiy ﷺga salom berdi. Nabiy ﷺ uning namozini kuzatib turgan edilar. U zot salomiga alik oldilar, soʻng unga: «Qaytib borib namoz oʻqi, chunki sen namoz oʻqimading», dedilar. U qaytib borib namoz oʻqidi, soʻng kelib Nabiy ﷺga salom berdi. U zot salomiga alik oldilar, soʻng: «Qaytib borib namoz oʻqi, chunki sen namoz oʻqimading», dedilar. Bu uchinchi yoki toʻrtinchi martaga yetganida, u kishi: «Senga Kitobni nozil qilgan Zotga qasamki, men urinib va harakat qildim, menga koʻrsat va oʻrgat», dedi. U zot: «Namoz oʻqimoqchi boʻlsang, taharat qil va taharatingni chiroyli qil, soʻng qiblaga yuzlanib takbir ayt, soʻng qiroat qil, soʻng rukuʼda muvozanat bilan turgan holda rukuʼ qil, soʻng bosh koʻtarib tik holda rostlangin, soʻng sajdada muvozanat bilan turguningcha sajda qil, soʻng oʻtirgan holda muvozanat bilan turguningcha bosh koʻtargin, soʻng sajdada muvozanat bilan turguningcha sajda qil, soʻng bosh koʻtargin. Namozingni shu tarzda mukammal qilsang, u tamom boʻldi. Bundan nimani kamaytirsang, faqat oʻz namozingdan kamaytirasan», dedilar.