- وعن أم هانئ فاختة بنت أبي طالب رضي الله عنه قالت: أتيت النبي صلى الله عليه وسلم يوم الفتح وهو يغتسل، وفاطمة تستره بثوب، فسلمت، وذكرت الحديث” ((رواه مسلم)).
Abu Tolibning qizi Umm Honiʼ Foxita (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men fath kuni Nabiy ﷺning huzuriga keldim. U zot gʻusl qilayotgan, Fotima esa u zotni bir mato bilan toʻsib turardi. Men salom berdim, — deb hadisni zikr qildi.