- وعن صفوان بن عسال رضي الله عنه قال: قال يهودي لصاحبه: اذهب بنا إلي هذا النبي صلى الله عليه وسلم فأتيا رسول الله صلى الله عليه وسلم ، فسألاه عن تسع آيات بينات؛ فذكر الحديث إلي قوله: فقبلا يده ورجله، وقالا: نشهد أنك نبي. ((رواه الترمذي وغيره بأسانيد صحيحة)).
Safvon ibn Assol (roziyallohu anhu) aytadi: Bir yahudiy oʻz sherigiga: «Bizni mana shu Paygʻambarning oldiga olib bor», dedi. Sherigi unga: «Paygʻambar dema, agar u seni eshitsa, toʻrt koʻzli boʻlib qoladi (juda xursand boʻladi)», dedi. Soʻng ular Rasululloh ﷺning oldilariga kelib, u zotdan toʻqqizta aniq oyat (alomat) haqida soʻradilar. U zot ularga: «Allohga hech narsani sherik qilmanglar, oʻgʻrilik qilmanglar, zino qilmanglar, Alloh harom qilgan jonni nohaq oʻldirmanglar, begunoh kishini oʻldirilsin deb hokimning oldiga (chaqib) yetkazmanglar, sehr qilmanglar, ribo yemanglar, iffatli ayolga buhton qilmanglar, jang kuni qochib orqaga qaytmanglar va sizlar, ey yahudiylar, xususan sizlarga shanba kunida tajovuz qilmaslik (lozim)», dedilar. (Safvon) dedi: Shunda ular u zotning qoʻli va oyogʻini oʻpib: «Guvohlik beramizki, sen Paygʻambarsan», dedilar. U zot: «Unday boʻlsa, menga ergashishdan sizlarni nima toʻsadi?», dedilar. Ular: «Dovud Robbidan oʻz zurriyotidan Paygʻambar uzilmasligini soʻragan edi. Biz, agar senga ergashsak, yahudiylar bizni oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqamiz», dedilar. Bu bobda Yazid ibn al-Asvad, Ibn Umar va Kaʼb ibn Molikdan ham (rivoyat bor). Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.