- وعنه قالك قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "عن الله عزو جل يقول يوم القيامة: "يا ابن آدم مرضت فلم تعدني! قال: يا رب كيف أعودك وأنت رب العالمين؟! قال: أما علمت أن عبدي فلاناً مرض فلم تعده؟ أما علمت أنك لو عدته لوجدتني عنده؟ يا ابن آدم استطعمتك فلم تطعمني! قال: يا رب كيف أطعمك وأنت رب العالمين؟! قال: أما علمت أنه استطعمك عبدي فلان فلم تطعمه، أما علمت أنك لو أطعمته لوجدت ذلك عندي؟ يا ابن آدم استسقيتك فلم تسقني! قال: يارب كيف أسقيك وأنت رب العالمين؟! قال: استسقاك عبدي فلان فلم تسقه! أما علمت أنك لو سقيته لوجدت ذلك عندي؟" ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Albatta, aziz va jalil Alloh qiyomat kunida (shunday) der: ‹Ey Odam farzandi, Men kasal boʻldim, ammo sen Meni ziyorat qilmading›. (Banda): ‹Yo Rabbim, Sen olamlarning Rabbi boʻlsang, qanday qilib Seni ziyorat qilay?› der. (Alloh): ‹Falon bandam kasal boʻlgani, ammo sen uni ziyorat qilmaganingni bilmadingmi? Agar uni ziyorat qilganingda, Meni uning yonida topganingni bilmadingmi? Ey Odam farzandi, Men sendan taom soʻradim, ammo sen Meni taomlantirmading›, der. (Banda): ‹Yo Rabbim, Sen olamlarning Rabbi boʻlsang, qanday qilib Seni taomlantiray?› der. (Alloh): ‹Falon bandam sendan taom soʻragani, ammo sen uni taomlantirmaganingni bilmadingmi? Agar uni taomlantirganingda, buni Mening huzurimda topganingni bilmadingmi? Ey Odam farzandi, Men sendan suv soʻradim, ammo sen Meni sugʻormading›, der. (Banda): ‹Yo Rabbim, Sen olamlarning Rabbi boʻlsang, qanday qilib Seni sugʻoray?› der. (Alloh): ‹Falon bandam sendan suv soʻragani, ammo sen uni sugʻormading. Agar uni sugʻorganingda, buni Mening huzurimda topgan boʻlur eding›, der».