- وعن علي رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "ما من مسلم يعود مسلماً غدوة إلا صلى عليه سبعون ألف ملك حتي يمسي، وإن عاده عشية إلا صلى عليه سبعون ألف ملك حتي يصبح، وكان له خريف في الجنة” ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن)).
Suvayr ibn Abu Foxitaning otasidan rivoyat qilinadi: U: «Ali (roziyallohu anhu) qoʻlimdan ushlab: ‹Hasanni yoʻqlagani biz bilan boraylik›, dedi. Bordik, uning huzurida Abu Musoni topdik. Shunda Ali: ‹Ey Abu Muso, kasalni yoʻqlagani keldingmi yoki shunchaki ziyorat qilgani keldingmi?› dedi. U: ‹Yoʻq, kasalni yoʻqlagani›, dedi. Shunda Ali: ‹Men Rasululloh ﷺning: ‹Bir musulmon ertalab boshqa bir musulmonni (kasalini) yoʻqlasa, albatta, kechgacha unga yetmish ming farishta salovot aytadi; agar uni kechqurun yoʻqlasa, albatta, tonggacha unga yetmish ming farishta salovot aytadi va unga jannatda bir bogʻ (boʻladi)›, deganlarini eshitganman›, dedi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu — hasan gʻarib hadisdir.