- وعن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه قال: جاءني رسول الله صلى الله عليه وسلم يعودني من وجع اشتد بي، فقلت: بلغ بي ما ترى، وأنا ذو مال، ولايرثني إلا ابنتي، وذكر الحديث" ((متفق عليه)).
(Saʼd (ibn Abu Vaqqos) (roziyallohu anhu) aytdi:) Vidolashuv hajji paytida menga zoʻ raygan bir ogʻ riq (dard) (sababli), Rasululloh ﷺ meni yoʻqlab keldilar. Men: «Siz koʻ rayotgan (holatga) yetdim; men mol egasiman; menga bir qizimdan boshqa (hech kim) meros olmaydi; bas, molimning uchdan ikki qismini sadaqa qilaymi?» dedim. U zot: «Yoʻq» dedilar. Men: «Yarmini(chi)?» dedim. U zot: «Yoʻq» dedilar. Men: «Uchdan birini(chi)?» dedim. U zot: «Uchdan bir; (lekin) uchdan bir (ham) koʻ p(dir). Vorislaringni boy (holda) qoldirishing — ularni odamlarga qoʻ l choʻ zadigan (tilanchi) kambagʻ allar (holda) qoldirishingdan koʻ ra yaxshiroqdir. Sen Allohning yuzini (rizosini) istab qilgan har qanday infoqing uchun — hatto xotiningning ogʻ ziga solgan (luqma)ng uchun ham — albatta ajr olasan» dedilar.