- عن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم عاد سعد بن عباده ومعه عبد الرحمن بن عوف، وسعد بن أبي وقاص، وعبد الله بن مسعود رضي الله عنهم، فبكي رسول الله صلى الله عليه وسلم ، فلما رأي القوم بكاء رسول الله صلى الله عليه وسلم ، بكوا ؛ فقال: “ألا تسمعون؟ إن الله لا يعذب بدمع العين، ولا بحزن القلب، ولكن بهذا أو يرحم" وأشار إلا لسانه" ((متفق عليه)).
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Saʼd ibn Uboda oʻzidagi bir kasallikdan shikoyat qildi (kasal boʻldi). Shunda Rasululloh ﷺ Abdurrahmon ibn Avf, Saʼd ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Masʼud bilan birga uni koʻrgani keldilar. Uning yoniga kirganlarida, uni behush holatda topdilar. Shunda: «U vafot etibdimi?» dedilar. Ular: «Yoʻq, yo Rasululloh!» dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ yigʻladilar. Odamlar Rasululloh ﷺ ning yigʻlaganlarini koʻrib, ular ham yigʻladilar. Shunda (Rasululloh ﷺ): «Eshitmaysizmi! Albatta, Alloh koʻzning yoshi va qalbning gʻami uchun azoblamaydi, balki manabunisi uchun azoblaydi, — va tillariga ishora qildilar, — yoki rahm qiladi», dedilar.