- عن أبي عبد الرحمن بن عوف بن مالك رضي الله عنه قال: صلى رسول الله صلى الله عليه وسلم علي جنازة، فحفظت من دعائه وهو يقول: "اللهم اغفر له، وارحمه، وعافه، واعف عنه، وأكرم نزله، ووسع مدخله واغسله بالماء والثلج والبرد ونقه من الخطايا، كما نقيت الثوب الأبيض من الدنس، وأبدله داراً خيراً من داره، وأهلاً خيراً من أهله، وزوجاً خيراً من زوجه، وأدخله الجنة، وأعذه من عذاب القبر، ومن عذاب النار” حتي تمنين أن أكون ذلك الميت. ((رواه مسلم)).
Avf ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir janoza ustida (janoza namozini) oʻqidilar va men u zotning duolaridan (bularni) yodlab qoldim, u zot: «Allohim, uni magʻfirat qilgin, unga rahm qilgin, unga ofiyat bergin va uni avf etgin; uni izzat bilan kutib olgin, qabrini keng qilgin; uni suv, qor va doʻl bilan yuvgin; uni xatolardan, oq kiyimni kirdan tozalaganingdek tozalagin; unga uyidan yaxshiroq uy, ahlidan yaxshiroq ahl va juftidan yaxshiroq juft almashtirib bergin; uni jannatga kiritgin va uni qabr azobidan» — yo «oʻt azobidan saqlagin», — dedilar. (Avf) dedi: Hatto men oʻsha mayyit boʻlishni orzu qildim.