- عن علي رضي الله عنه قال: كنا في جنازة في بقيع الغرقد فأتانا رسول الله صلى الله عليه وسلم فقعد، وقعدنا حوله ومعه مخصرة فنكس وجعل ينكت بمخصرته، ثم قال: ما منكم من أحد إلا وقد كتب مقعده من النار ومقعده من الجنة” فقالوا: يا رسول الله أفلا نتكل علي كتابنا؟ فقال: "اعملوا فكل ميسر لما خلق له" وذكر تمام الحديث. ((متفق عليه))
(Ali (roziyallohu anhu) aytdi:) Biz Baqiʼul-Gʻ arqadda bir janozada edik; Rasululloh ﷺ bizning oldimizga kelib, oʻ tirdilar, biz ham u zotning atrofida oʻ tirdik; u zotning (qoʻ llarida) bir mixsara (kalta tayoq) bor edi. U zot boshlarini quyi solib, mixsaralari bilan (yerni) chiza boshladilar, soʻng: «Sizlardan hech bir (kishi), va tugʻ ilgan hech bir jon yoʻqki, illo uning jannat yoki doʻ zaxdagi oʻ rni yozilgan boʻ lmasin; va albatta u — baxtsiz yoki baxtli (deb) yozilgan(dir)», dedilar. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, unda biz oʻ z (taqdir) kitobimizga tayanib, amalni qoʻ ymaymizmi? — Bizdan kim saodat (baxt) ahlidan boʻ lsa, u saodat ahliga (qoʻ shilishga) boradi; bizdan kim shaqovat (badbaxtlik) ahlidan boʻ lsa, u shaqovat ahlining ameliga boradi», dedi. U zot: «Saodat ahliga kelsak — ular saodat ahlining ameliga muyassar (oson) qilinadi; shaqovat ahliga kelsak — ular shaqovat ahlining ameliga muyassar qilinadi», dedilar, soʻng ‹Bas, kim (ato) bersa va taqvo qilsa, hamda al-husnani tasdiqlasa...› (Layl surasi, 5-6) (oyatini) — oxirigacha — (oʻqidilar).