- وعن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه قال: جاءت امرأة إلي رسول الله صلى الله عليه وسلم ، فقالت: يا رسول الله ذهب الرجال بحديثك، فاجعل لنا مننفسك يوماً ناتيك فيه تعلمنا مما علمك الله، قال: “اجتمعن يوم كذا وكذا” فاجتمعن، فأتاهن النبي صلى الله عليه وسلم فعلمهن مما علمه الله، ثم قال: "ما منكن من امرأة تقدم ثلاثة من الولد إلا كانوا لها حجاباً من النار" فقالت امرأة: واثنين؟ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم “واثنين” ((متفق عليه)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh! Erkaklar sizning soʻzingizni (ilmingizni) olib ketishdi. Bizga ham oʻzingizdan bir kun ajrating, oʻsha kuni huzuringizga kelsak, Alloh sizga oʻrgatgan narsalardan bizga oʻrgatsangiz», dedi. U zot: «Falon-falon kuni toʻplaninglar», dedilar. Bas, ular toʻplandilar va Rasululloh ﷺ ularning oldiga kelib, Alloh oʻzlariga oʻrgatgan narsalardan ularga oʻrgatdilar. Soʻng: «Sizlardan qaysi bir ayolning oldidan uchta farzandi (vafot etib) ketsa, albatta, ular u uchun doʻzaxdan toʻsiq boʻladilar», dedilar. Shunda bir ayol: «Ikkita-ikkita-ikkita boʻlsa-chi?» dedi. Rasululloh ﷺ: «Ikkita-ikkita-ikkita boʻlsa ham», dedilar.