- وعن جابر رضي الله عنه، عن رسول الله صلى الله عليه وسلم ، أنه أراد أن يغزو، فقال: يا معشر المهاجرين والأنصار! إن من إخوانكم قوماً، ليس لهم مال، ولا عشيرة، فليضم أحدكم إليه الرجلين، أو الثلاثة، فما لأحدنا من ظهر يحمله إلا كعقبة، يعني أحدهم. قال: فضممت إلي اثنين أو ثلاثة مالي إلا عقبة كعقبة أحدهم من جملي. ((رواه أبو داود))
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo) Rasululloh ﷺdan rivoyat qildiki, u zot gʻazotga chiqmoqchi boʻldilar va: «Ey muhojirlar va ansorlar jamoasi! Birodarlaringiz orasida mol-mulki ham, qabilasi ham boʻlmagan kishilar bor. Sizlardan har biringiz oʻzi bilan ikki yoki uch kishini qoʻshib olsin. Birortamizning unga (u kishilarni) mindirib oladigan minib yuradigan ulovimiz boʻlsa, ulardan birining navbati kabi navbat bilan minilsin», dedilar. Shunday qilib, men oʻzim bilan ikki yoki uch kishini qoʻshib oldim. (Jobir) dedi: Mening tuyamdan ulardan birining navbati kabi navbatdan boshqa (haqim) yoʻq edi.