- وعن أبي موسي الأشعري رضي الله عنه قال: كنا مع النبي صلى الله عليه وسلم في سفر، فكنا إذا أشرفنا على واد هللنا وكبرنا وارتفعت أصواتنا، فقال النبي صلى الله عليه وسلم :”يا أيها الناس أربعوا عل أنفسكم فإنكم لا تدعون أصم ولا غائباً. إنه معكم ، إنه سميع قريب" ((متفق عليه)) أربعوا” بفتح الباء الموحدة أي : أرفقوا بأنفسكم.
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz (haj paytida) Allohning Rasuli ﷺ bilan birga edik. Biz qachon baland joyga koʻtarilsak: «Allohdan boshqa (haq) maʼbud yoʻq va Alloh — Eng Ulugʻ (Allohu akbar)», — der edik va ovozlarimiz balandlardi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ey odamlar! Oʻzlaringizga rahm qilinglar (yaʼni ovozingizni baland koʻtarmanglar) — chunki sizlar kar yoki (uzoqda boʻlgan) gʻoyibni chaqirayotganingiz yoʻq; balki sizlar bilan birga boʻlgan Zotni (chaqiryapsiz) — shubhasiz, U — hamma narsani Eshituvchi, (har narsaga) yaqin Zot(dir)», — dedi.