- عن جابر رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا أطال أحدكم الغيبة فلا يطرقن أهله ليلاً" وفي رواية أن رسول الله صلى الله عليه وسلم نهى أن يطرق الرجل أهله ليلاً. ((متفق عليه))
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Birontangiz (uydan) uzoq muddat gʻoyib boʻlsa, ahliga kechasi (kutilmaganda) kirib bormasin», dedilar. Boshqa rivoyatda: Rasululloh ﷺ kishining ahliga kechasi kirib borishini qaytardilar, deb kelgan.