- عن أبي سعيد رافع بن المعلى رضي الله عنه قال : قال لي رسول الله صلى الله عليه وسلم :"ألا أعلمك أعظم سورة في القرآن قبل أن تخرج من المسجد؟ فأخذ بيدي ، فلما أردنا أن نخرج قلت : يا رسول الله إنك قلت لأعلمنك أعظم سورة في القرآن ؟ قال: "الحمد لله رب العالمين هي السبع المثاني، والقرآن العظيم الذي أوتيته ". ((رواه البخاري)).
(Abu Saʼid ibnul-Muallo (roziyallohu anhu) aytdi:) Men namoz oʻqib turgan paytimda, Paygʻambar ﷺ meni chaqirdilar; (lekin) men u zotga javob bermadim. (Soʻng) men: «Ey Allohning Rasuli, men namoz oʻqiyotgan edim», dedim. U zot: «Alloh ‹Rasul sizlarni — sizlarga hayot baxsh etadigan (narsa)ga chaqirgan paytda — Allohga va Rasulga (itoat bilan) javob beringlar› (Anfol surasi, 24) demadimi?» dedilar, soʻng: «Sen masjiddan chiqishingdan oldin, men senga Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻ rgatmayinmi?» dedilar va qoʻ limdan ushladilar. (Masjiddan) chiqmoqchi boʻ lganimizda, men: «Ey Allohning Rasuli, sen menga ‹Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻ rgataman› degan eding», dedim. U zot: «‹Alhamdulillahi robbil-olamin (Hamd — olamlar Robbi Allohga xosdir)› (Fotiha surasi, 2) — u (sura) — Sabʼul-Masoniy (qaytarib oʻqiladigan yetti oyat) va menga berilgan ulugʻ Qurʼondir», dedilar.