- وعنه أن رجل سمع رجلاً يقرأ:{قل هو الله احد} يرددها فلما أصبح جاء إلى رسول الله صلى الله عليه وسلم، فذكر ذلك له وكان الرجل يتقالها فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم :" والذي نفسي بيده، إنها لتعدل ثلث القرآن". ((رواه البخاري )).
(Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, bir kishi boshqa bir kishini — ‹Qul Huvallohu Ahad› (Ixlos surasini) takror oʻqiyotganini — eshitdi. Tongda u Rasululloh ﷺning oldigʻa kelib, buni u zotga zikr qildi — goʻyo u kishi uni (oʻ sha surani) oz (kam savobli) deb (hisoblayotgan)dek (edi). Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻ lida boʻ lgan Zotga qasamki, albatta u (sura) Qurʼonning uchdan biriga teng keladi», dedilar.