- وعن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه قال : كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يتعوذ من الجان، وعين الإنسان، حتى نزلت المعوذتان، فلما نزلتا، أخذ بهما وترك ما سواهما . ((رواه الترمذي وقال :حديث حسن )).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ jinlardan va insonning koʻzi (tegishi)dan panoh tilar edilar, toki Muavvizatayn (Falaq va Nos suralari) nozil boʻldi. Ular nozil boʻlgach, u zot ularni (oʻqishni) tutib, ulardan boshqasini tark qildilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Anasdan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan gʻaribdir.