-وعن ابن عباس رضي الله عنهما قال: بينما جبريل عليه السلام قاعد عند النبي صلى الله عليه وسلم سمع نقيضًا من فوقه، فرفع رأسه فقال: "هذا باب من السماء فتح اليوم ولم يفتح قط إلا اليوم، فنزل منه ملك فقال: هذا ملك نزل إلى الأرض لم ينزل قط إلا اليوم، فسلم وقال: أبشر بنورين أوتيتهما، لم يؤتهما نبي قبلك: فاتحة الكتاب، وخواتيم سورة البقرة، لن تقرأ بحرف منها إلا أعطيته" ((رواه مسلم)). النقيض: الصوت.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Jibril Nabiy ﷺ ning huzurlarida oʻtirgan paytida ustidan bir gʻijirlash (eshik ochilish) ovozini eshitdi, soʻng boshini koʻtarib: «Bu — bugun ochilgan osmon eshigidir; u hech qachon ochilmagan, faqat bugun ochildi», dedi. Soʻng undan bir farishta tushib keldi, (Jibril): «Bu — yerga tushgan farishta; u hech qachon tushmagan, faqat bugun tushdi», dedi. (Farishta) salom berib dedi: «Senga berilgan ikki nur bilan suyungin; ular sendan oldingi hech bir paygʻambarga berilmagan: Fotihatul Kitob va Baqara surasining oxiri (oyatlari). Ulardan bir harfni oʻqimaysanki, magar senga (savobi) berilmasin».