- وعنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم أتى المقبرة فقال: "السلام عليكم دار قوم مؤمنين وإنا إن شاء الله بكم لاحقون، وددت أنا قد رأينا إخواننا" قالوا: أولسنا إخوانك يا رسول الله؟ قال: "أنتم أصحابي، وإخواننا الذين لم يأتوا بعد" قالوا: كيف تعرف من لم يأتِ بعد من أمتك يا رسول الله؟ فقال: "أرأيت لو أن رجلا له خيل غر محجلة بين ظهري خيل دهم بهم، ألا يعرف خيله ؟" قالوا بلى يا رسول الله، قال: فإنهم يأتون غرًا محجلين من الوضوء وأنا فرطهم على الحوض ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ qabristonga kelib: «Assalomu alaykum, ey moʻmin qavmning diyori! Albatta biz ham — Alloh xohlasa — sizlarga (tez orada) qoʻshilamiz. Birodarlarimizni koʻrishni juda istardim», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, biz Sizning birodarlaringiz emasmizmi?» dedilar. (Paygʻambar): «Sizlar mening ashobimsizlar; birodarlarimiz esa — hali (dunyoga) kelmagan (kishilar)dir», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, ummatingizdan hali kelmaganlarni qanday taniysiz?» dedilar. (Paygʻambar): «Aytinglar-chi, agar bir kishining — peshonasi va oyoqlari oq (qashqa) otlari — qop-qora otlar ichida boʻlsa, u oʻz otlarini tanimaydimi?» dedilar. Ular: «Ha (taniydi), ey Allohning Rasuli» dedilar. (Paygʻambar): «Bas, albatta ular tahoratdan (sababli) gʻurra-muhajjal holda keladilar; men esa havz (boʻyi)da ularning (oldin yetib boradigan) farati (peshqadami)man. Ogohki, albatta (baʼzi) kishilar mening havzimdan toʻsiladi — xuddi adashgan tuya (haydab) toʻsilgani kabi —. Men ularni: ‹Ogoh boʻlinglar, beri kelinglar!› deb chaqiraman. Shunda: ‹Ular sendan keyin (dinni) oʻzgartirdilar (almashtirdilar)› deyiladi. Bas, men: ‹Yiroq boʻlsin, yiroq boʻlsin!› deyman», dedilar.