- وعن عمر بن الخطاب رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال:"ما منكم من أحد يتوضا فيبلغ-أو فيسبغ الوضوء- ثم قال: أشهد أن لا إله إلا الله وحده لا شريك له، وأشهد أن محمدًا عبده ورسوله، إلا فتحت له أبواب الجنة الثمانية يدخل من أيها شاء" ((رواه مسلم)). وزاد الترمذي: "اللهم اجعلني من التوابين واجعلني من المتطهرين"
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bizga tuyalarni boqish (vazifasi) yuklangan edi. Bas, mening navbatim keldi va men ularni kechqurun (oʻtloqdan) haydab keldim. Shunda men Rasululloh ﷺ ni — turib, odamlarga hadis aytayotgan holda — topdim (yetib keldim). Bas, men Uning soʻzidan (shuni) ilgab oldim: «Qaysi bir musulmon tahorat qilib, tahoratini goʻzal qilsa-da, soʻng turib, ikki rakaat (namoz) oʻqisa — qalbi va yuzi bilan ularga yuzlangan holda —, albatta unga jannat vojib boʻladi». (Roviy) dedi: Shunda men: «Bu nima degan goʻzal (soʻz)!» dedim. Shu payt oldimdagi bir soʻzlovchi: «Undan oldingi (soʻz) undan-da goʻzalroqdir» dedi. Men qaradim — bu Umar edi. U dedi: «Albatta men seni hozirgina kelganingni koʻrdim. (Paygʻambar): ‹Sizlardan hech bir kishi tahorat qilib, tahoratni (toʻla) yetkazsa — yoki: mukammal qilsa — soʻng: «Ashhadu an la ilaha illallohu va anna Muhammadan abdullohi va rasuluhu (Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad Allohning bandasi va Rasulidir)» desa, illo unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi — ularning qaysisidan xohlasa, (oʻshandan) kiradi›, dedilar».