- - وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "إذا نودي بالصلاة، أدبر الشيطان، له ضراط حتى لا يسمع التأذين، فإذا قضي النداء أقبل، حتى ثوب بالصلاة أدبر حتى إذا قضي التثويب أقبل حتى يخطر بين المرء ونفسه يقول: اذكر كذا، واذكر كذا- لما لم يذكر من قبل- حتى يظل الرجل ما يدري كم صلى" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Azon aytilganda, shayton azonni eshitmasin deb ovoz chiqarib shamol qoʻyib, orqasiga qochadi. Azon tugagach, qaytib keladi; iqomat aytilganda yana qochadi, u tugagach yana qaytib keladi — to kishining qalbiga vasvasa solib, namozdan oldin eslamagan narsalarini eslatguncha; bu unga necha (rakat) oʻqiganini unuttiradi», — dedilar.