- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "أرأيتم لو أن نهرًا بباب أحدكم يغتسل منه كل يوم خمس مرات، هل يبقى من درنه شيء؟" قالوا: لا يبقى من درنه شيء، قال: "فذلك مثل الصلوات الخمس، يمحو الله بهن الخطايا".((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Aytingchi, agar birortangizning eshigi oldida bir daryo boʻlib, undan har kuni besh marta gʻusl qilsa, uning kirlaridan biror narsa qoladimi?» dedilar. Ular: «Uning kirlaridan hech narsa qolmaydi», dedilar. (U zot): «Mana shu — besh vaqt namozning misolidir. Alloh ular bilan xatolarni oʻchiradi», dedilar.